21:12 Yakshanba 01 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“To‘qimachi” sport klubi talaba-qizlaridan navbatdagi g‘alaba!

21.05.2025
96

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-sonli qarori, 2024-yil 28-avgustdagi qo‘shma qaror va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2025-yil 25-apreldagi 03/1056-sonli xatiga muvofiq, 2025-yil 19-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida futzal musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada institutimiz sharafini himoya qilayotgan “To‘qimachi” sport klubi talaba-qizlarining yutuqlari barchamizni quvontirdi:

TTYSI–1 jamoasi D-guruhida “Texnika” jamoasini + : – hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 2-turda g‘alaba qozondi.

TTYSI–2 jamoamiz esa 2025-yil 21-may kuni TATU sport majmuasida o‘tkazilgan F-guruh uchrashuvida “Fan va texno” jamoasini – : + hisobda yengib, 2-turdagi navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Talaba-qizlarimizni chin yurakdan tabriklaymiz! Ularning mehnati va g‘alabasi institutimiz sha’nini yuksaltirishga xizmat qilmoqda

Saytni yangi dizayni yoqdimi?