Toshkent shahar hokimiyati, prokuraturasi hamda Yong‘in xavfsizligi qo‘mitasi hamkorligida giyohvandlikka qarshi kurashish haftaliklari doirasida davra suhbati tashkil etildI
Yosh avlod vakillarini maʼnan yetuk va sog‘lom qilib tarbiyalash – bu mamlakatimizda eng katta eʼtibor qaratilayotgan taraqqiyot yo‘nalishlaridan biridir. Ularga sifatli taʼlim hamda amaliy ko‘nikmalarni berish maqsadida
institutimiz qator dastur va loyihalarga qo‘l urgan. Ularning maʼnaviy qiyofasini hamda immunitetini shakllantirishda esa oliygoh ko‘pgina davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Suhbatning yalpi qismida Toshkent shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova so‘zga chiqdi. Mutasaddilarning targ‘ibot va tashviqot so‘zlaridan so‘ng yoshlarning eʼtiboriga giyohvandlikka
qarshi g‘oyalarni singdiruvchi video-lavha taqdim etildi.