Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlari davom etmoqda
Bugun, 8-iyul kuni institutda 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul doirasidagi kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni о‘tkazildi.
Abituriyentlar belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan imtihon hududiga yetib kelishdi hamda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy topshiriqlarni bajarishdi.
Imtihonlar 10-iyulga qadar davom etadi.