Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti va Shvetsiyaning büros universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti (TTYSI) delegatsiyasi Shvetsiyaning yetakchi ilmiy markazlaridan biri — Büros Universitetida bo‘lib, tomonlar o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik dastlab quyidagi yo‘nalishlarda amaliy bosqichga o‘tmoqda:
PhD doktorantlar almashinuvi dasturi
Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslari
Tekstil chiqindilarini qayta ishlash sohasida qo‘shma tadqiqotlar
Büros Universiteti bu yo‘nalishda dunyodagi eng yetakchi ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, institutimiz ushbu sohada hamkorlikni kengaytirish, texnologik yechimlar va barqaror ishlab chiqarish yo‘nalishida chuqur tadqiqotlar olib borishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv doirasida TTYSI prorektori Baxtiyor Nasimov va xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Nurmuhammad Xudayberdiyev Büros Universiteti rektori, professor Kim Bolton bilan samarali muzokaralar olib bordilar. Tomonlar uchrashuv yakunida esdalik sovg‘alari almashdilar.
Delegatsiya Büros Universitetining zamonaviy ilmiy laboratoriyalari, xususan tekstil chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha maxsus markazlari bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida barqaror va chuqurlashtirilgan ilmiy-akademik aloqalarning mustahkam poydevorini yaratadi.