15:54 Chorshanba 05 Fevral 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Toʻqimachilik va yengil sanoat boʻyicha taʼlim: xalqaro hamkorlikka yangi qadam

29.11.2024
153

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida amaliy xizmat safari doirasida bir qator nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.

Delegatsiya jahon reytinglarining Top-25 taligiga kiruvchi Sinxua universiteti, Vuxan toʻqimachilik universiteti, Shanxay matbaa va nashriyot kolleji, Changshu texnologiya instituti hamda toʻqimachilik uskunalarini ishlab chiqaruvchi YAMADA korxonasida uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralar jarayonida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etish, qoʻshma laboratoriyalar yaratish, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, ilgʻor taʼlim metodlarini joriy etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Scopus bazasida maqolalar nashr etish va yangi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?