TRANSMILLIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida International Transnational Education Association (ITEA) tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Nasridini Asliddin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida tomonlar transmilliy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, jumladan qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.