23:46 Seshanba 19 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI delegatsiyasining Latviyaga tashrifi

18.08.2025
37

Joriy yil avgust oyida institutimiz delegatsiyasi Latviya Respublikasining Riga Texnika Universitetida (RTU) ingliz tilidan malaka oshirish yozgi maktabida faol ishtirok etdi.

Dastur davomida delegatsiya RTU Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, professor Nataliya Murachova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida ikki oliygoh o‘rtasida ilgari imzolangan hamkorlik memorandumi ijrosi, talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishga kelishib oldilar. Xususan, ta’lim jarayonini takomillashtirish, innovatsion loyihalar almashuvi hamda xalqaro ilmiy izlanishlarda qo‘shma ishtirok masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tashrif davomida institutimiz delegatsiyasi ingliz tilida mahorat darslari tashkil etishni rejalashtirdi. Bu esa ikki tomonlama tajriba almashuvini yanada samarali qilishi hamda kelajakdagi qo‘shma loyihalar uchun mustahkam asos yaratishi kutilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?