TTYSI rektori Istanbul Aydin universiteti rektori bilan uchrashdi
Bugun, 20-yanvar kuni Toshkent to'qimachilik yengil sanoat instituti rektori Davron Vaxabov Istanbul Aydin universiteti rektori professor Mustafo Aydin bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o'zaro hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi. Xususan, ikki oliygoh o'rtasida 2+2 qo'shma dasturlar tashkil etish, talabalar va professor-o'qituvchilar uchun stajirofkalarni joriy etish haqida so'z yuritildi.
Shuningdek, hamkorlikda ilmiy loyihalar ishlash borasida ham fikr almashildi, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.