20:15 Payshanba 21 Noyabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI va AICP qoʻshma taʼlim dasturi bitiruvchilariga diplom topshirildi

17.09.2024
20

Skripkalar sadolari eshitila boshladi.

Goʻzal, hurliqo qizlar egnilariga bitiruv mantiyalarini ilib olishgan. Ota-onalarning qoʻllarida gullar.

Shoshiling, Parij moda akademiyasi bitiruv oqshomi boshlanish arafasida.

Tadbirga Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda vaziyatlar va muxtor elchisi Oreliya Bushez tashrif buyurdi.

Davlatimiz madhiyasi yangradi. Yangi O‘zbekistonning yangi yetakchi mutaxassislari qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘yib uni xirgoyi qiladilar.

Tantanani ochib berish uchun mikrofon qarshisiga TTYSI yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor – Baxtiyor Nasimov so‘zga chiqdi. Prorektor tomonidan o‘qib eshittirilgan rektor tabrigi  kelgan mehmonlar va bitiruvchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlash bilan birga, ularni kelgusidagi yutuqlarga ham undadi.

Shundan so‘ng navbat muhtarama Bushez xonim – Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda vaziyatlar muxtor elchisiga berildi. U o‘z nutqidan so‘ng magistrlik akademik darajasiga ega bo‘lgan bitiruvchilarga ularning diplomlarini topshirdi.

Parij Xalqaro Moda Akademiyasi hamda institutimiz o‘rtasida imzolangan dastur orqali bundan oldin magistrlik darajasi bir necha bor berilgan edi. Ammo bu gal, diplom olganlar ichida ilk marotaba bakalavrlarni ko‘rishingiz mumkin.

Qaldirg‘ochlar soni sal kam qirqga yaqin va ularning aksariyati Parijda amaliyot o‘tab qaytishgan. Shunday talabalarga ularning diplomlari TTYSI yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor –

Baxtiyor Nasimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Yuragim hayajonga to‘la, quvonchim ichimga sig‘mayapti. Yaratib berilgan sharoitlardan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qildim. Samarasi bo‘ldi, meni orzuyimdagi shahar – Parijga amaliyot o‘tagani jo‘natishdi. Bugun esa qarshingizda bitiruvchi sifatida turibman.

Fursatdan foydalanib, menga tarbiya bergan ota-onam, taʼlim bergan ustozlarim va rektorimizga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman. Barchangizga tashakkur!
M.Karimberdiyeva, bitiruvchi
(Talabaning so'zlari fransuz tilidan tarjima qilindi)

Ikki eng yaxshi oliygoh o‘rtasida tuzilgan eng yaxshi dastur asosida talabalarga ikki karra diplom berish marosimida qatnashmoqdaman. Ochig‘i, bundan juda shodman. Bu dastur Fransiyaning Markaziy Osiyoda joylashgan to‘qimachilik sohasidagi eng yetakchi davlati bilan hamkorlik ramziga aylandi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Davlatlarimiz rahbarlarining saʼy-harakatlari o‘laroq, turli jabhalarda o‘zbek va fransuz hamkorligi jadal rivojlanib bormoqda. Bu eng avvalo oliy taʼlim sohasida ko‘zga ko‘rinadi. 2022 yilda bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuvda ham prezidentlar aynan shuni maqsad qilishgan edi. Buni qarangki, natijasini ko‘rib turibmiz.

Fursatdan foydalanib barcha bitiruvchilarni – ham magistr va bakalavrlarni chin qalbimdan tabriklamoqchiman. Bundan tashqari, o‘quv jarayoniga bosh-qosh bo‘lib turgan Kamilova xonimga ham o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman.

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda vaziyatlar va muxtor elchisi Oreliya Bushez

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda vaziyatlar va muxtor elchisi Oreliya Bushez tantana tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirdi va shodiyonani tark etdi.

O‘zbekcha shart-sharoitlar, fransuzcha taʼlim, ham o‘zbekcha ham fransuzcha diplom.

Tantana ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bitiruvchilar va ularning yaqinlari shodliklariga chek-chegara yo‘q.

Qisqa fursat ichida ular jahonning eng so‘nggi moda trendlari va tendensiyalaridan boxabar bo‘lishdi.

Ularning har biriga omad tilaymiz!

Parijdagi Xalqaro moda akademiyasi (AICP) 1830-yildan beri mavjud. AICP 180-yildan ortiq vaqtdan beri oʻzining xususiy geometrik dizayn va mulyaj texnikasidan foydalangan holda dizaynerlarni tayyorlaydi.

AICP bitiruvchilari dunyoning eng yetakchi moda uylarida toʻplamlarni ishlab chiqish va tikish yoki oʻzlarining kiyim-kechak liniyalarini yaratish va targʻib qilish bilan shugʻullanadi.

Maktab dizayn sohasida iqtidorli talabalarni qidirayotgan kompaniyalarning doimiy hamkori hisoblanadi. Shu koʻhna dargohning bir qismi endi TTYSI talabalariga ham tegishli. Ular har ikkala oliygohning diplomiga ega boʻldilar.

Akmaljon Yuldoshev,

TTYSI matbuot kotibi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?