TTYSI vakillari AUTEX xalqaro konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda
Germaniyaning nufuzli Dresden Texnika Universitetida bo‘lib o‘tayotgan AUTEX xalqaro konferensiyasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati Instituti vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi professor Nilufar Khankhadjaeva va assistent Nurmuhammad Xudayberdiyev “Tabiiy xomashyodan foydalanib kompression mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida taqdimot qilishdi.
Ilmiy ish konferensiya ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi, berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi.
Bunday xalqaro maydonlardagi ishtirok institut nufuzi va milliy ilm-fanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.