TTYSI x AICP: Xalqaro ta’lim imkoniyatlari sari muhim qadam
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYSI) hamda Parij Xalqaro moda akademiyasi (AICP, Fransiya) o‘rtasida imzolangan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida 2025–2026-o‘quv yili uchun abituriyentlar bilan suhbat jarayonlari boshlandi.
Ushbu dastur AICP xalqaro diplomiga ega bo‘lish, zamonaviy moda dizayni, innovatsion texnologiyalar, xalqaro standartlar asosida ta’lim olish imkonini beradi.
Suhbat davomida abituriyentlarning:
• kasbga bo‘lgan qiziqishi,
• ijodiy salohiyati,
• chet tillarini bilish darajasi,
• global moda sohasi bo‘yicha qarashlari
baholandi.
Qo‘shma ta’lim dasturi afzalliklari:
• Yevropa ta’lim standartlariga mos muhit
• Fransuz mutaxassislarining ishtirokida o‘quv jarayoni
• Ikkita diplom olish imkoniyati (TTYSI + AICP)
• Xalqaro amaliyot va portfolioga ega bo‘lish imkoniyati
Bu kabi dasturlar O‘zbekiston yoshlari uchun nafaqat ta’limda, balki dunyo modalar industriyasida o‘z o‘rnini topishga keng yo‘l ochadi.