13:22 Seshanba 29 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI: Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida media xizmatining o‘rni muhokama qilindi

28.07.2025
27

2025–2026 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida axborot xizmati faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rasmiy sahifalari orqali aholiga tezkor, ishonchli va samarali ma’lumot yetkazish, yangi o‘quv yilidagi asosiy yangiliklar va rejalarni ommaga to‘g‘ri yoritish, talaba va abituriyentlar bilan aloqa samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida:

  • Institutdagi ichki jarayonlarni muntazam yoritib borish;
  • Rasmiy matn, foto va video kontent sifatini oshirish;
  • Talaba-yoshlarning ijtimoiy hayoti, tanlov va tadbirlarini keng yoritish;
  • Abituriyentlar uchun tushunarli, qulay va tezkor kontent tayyorlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, media xizmatining monitoringi, statistik tahlillarga asoslangan kontent strategiyasi, jamoaviy mas’uliyat va ijodiy yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida jamoaga aniq vazifalar yuklatilib, yangi o‘quv yilida institut media faoliyatini yanada zamonaviy va samarali darajaga olib chiqish rejalashtirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?