🔊
03:55 Chorshanba 15 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“OLIYGOH KUBOGI”NING OCHILISH MAROSIMI O‘TKAZILDI

09.04.2026
19

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Muhandislar oyligi” doirasida “Oliygoh kubogi” tanlovining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov yoshlarning muhandislik salohiyatini namoyon etish, innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, unda institutning iqtidorli talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion startap loyihalar taqdim etildi.

Tadbirda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nodir Mirzayev, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Mamarasul Xudoykulov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ismailjon Bulanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Xushvaqtov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Ma’mura Shirinova, shuningdek fakultet dekanlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

“Оliygoҳ kubogi” tanlovi talaba-yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni amaliy loyihalar ustida ishlashga jalb etish hamda kelajak muhandislarini shakllantirish yo‘lida muhim  tadbir davomida startap loyihalar taqdimoti bilan birga yoshlarning innovatsion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanib, eng istiqbolli tashabbuslarni keyingi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?