O‘zbek tili – qalbim tarjimoni
Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida (TTYSI) “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” esselar tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning maqsadi – o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirish va xorijiy talabalar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashdir.
Tanlov 2 ta shart asosida o‘tkazildi: tanishtirish (100 ball) va esse yozish (100 ball). Baholash jarayonida ishtirokchilarning badiiy ifoda va nutq madaniyatiga e’tibor qaratildi.
Natijalar:
Nurgul Davletmurotova – Iqtisodiyot fakulteti (95+92)
Muhammad Ozodov – Iqtisodiyot fakulteti (92+85)
Mohinur Ibragimova – Dizayn va texnologiyalari fakulteti (90+82)
G‘oliblar TTYSI rahbariyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.