07:51 Shanba 19 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“UzCharmExpo EURASIA 2025” xalqaro ko‘rgazmasida TTYSI talabalari ishtirok etdi

16.04.2025
78

2025-yil 16-aprel kuni Toshkent shahrida “UzCharmExpo EURASIA 2025” XVIII–xalqaro charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini rasman boshladi.

Mazkur yirik tadbirda 10 dan ortiq davlatlardan kompaniyalar tashrif buyurib, 200 dan ortiq mahalliy va xorijiy korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar.

Ko‘rgazmada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ham faol ishtirok etib, charm va mo‘ynadan tayyorlangan kiyimlar, sumkalar hamda zamonaviy aksessuarlar kabi ijodiy ishlari bilan keng jamoatchilik e’tiborini tortdilar.

Xalqaro hamkorlik ruhida o‘tgan ushbu ko‘rgazma bo‘lajak mutaxassislar uchun katta tajriba maktabi, yangicha g‘oyalar va imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?