Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan institutimizda madhiya kuylandi. Bu orqali milliy birligimizni mustahkamlashga, vatanparvarlik va g'urur tuyg‘ularini targ‘ib etishga hissa qo‘shildi.
Tadbirda besh yuz nafardan ziyod talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov yig'ilganlarga O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she'ri, atoqli bastakor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamiz haqida fikr bildirdi.
Qayd etilganidek, madhiyamiz mustaqil diyorimiz suverenitetining ramzi sifatida Prezidentimizning turli mamlakatlarga rasmiy tashriflari chog‘ida, yurtimizga kelgan xorijiy davlatlar rahbarlarini kutib olish marosimlarida, davlat tadbirlari, umumxalq bayramlari, sport musobaqalarida baralla yangramoqda.