“Vatan boʻylab sayohat qil!” — tarix, tabiat va ma’naviyat sari safar!
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetining professor-o‘qituvchilari va faol talabalar jamoasi yurtimiz bo‘ylab qiziqarli va ma’naviy sayohatni amalga oshirdi.
Sayohat davomida ishtirokchilar:
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurib, qurigan Orol dengizi hududi, ekologik muammo saboqlari va Mo‘ynoq ekologiya muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.
▪️ Toshkent viloyatidagi Suzuk Ota ziyoratgohida bo‘lishib, tarixiy-ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.
▪️ Mahalliy aholi bilan suhbatlar, milliy an’analar va tarixiy joylarning hikoyalari ishtirokchilarga katta taassurotlar qoldirdi.
Safar davomida olingan unutilmas fotolavhalar, yangi do‘stliklar va ijobiy kayfiyat – “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” tashabbusining nechog‘li samarali bo‘lganini ko‘rsatib turibdi.
Tarixni his etgan yosh – kelajakni barpo etadi!