14:50 Seshanba 08 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Vatan boʻylab sayohat qil!” loyihasi doirasida unutilmas sayohat!

08.07.2025
20

To‘qimachilik muhandisligi fakultetining faol jamoasi va talaba-yoshlari 2025-yil iyul oyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Vatan boʻylab sayohat qil!” tashabbusi asosida Toshkent viloyati, Bо‘stonliq tumanida joylashgan “Archazor-Chimyon” dam olish maskaniga tashrif buyurishdi.

Maftunkor tabiati, toza havosi va tog‘ manzaralari bilan mashhur bo‘lgan “Archazor-Chimyon” dam olish maskani:
• Dengiz sathidan 1415 metr balandlikda,
• Tyan-Shan tog‘lari etagida, Ugama-Chotqol muhofaza zonasi hududida,
• 3 gektar maydonni egallagan holda,
• Oqsoy tog‘ daryosining quyi qismida joylashgan.

Sayohat davomida talabalar ona tabiatning betakror go‘zalligidan bahramand bo‘lib, bir vaqtning o‘zida do‘stona muhitda hordiq chiqarishdi, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdi.

Bunday sayohatlar yoshlarning Vatanga bo‘lgan mehrini oshirish, ekologik dunyoqarashini shakllantirish hamda bir-biriga nisbatan do‘stona munosabatini kuchaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?