Vazir test sinovlariga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
14-iyuldan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab barcha hududlarda oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi.
Ushbu muhim jarayonga tayyorgarlikni o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent shahridagi bir qator test sinovlari o‘tkaziladigan manzillarga tashrif buyurdi.
Vazir quyidagi joylarda tayyorgarlik holatini shaxsan ko‘zdan kechirdi:
"O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar majmuasi
"Yoshlik" sport majmuasi
O‘zbekiston Milliy universiteti sport zali
Toshkent shahrida 115 800 nafardan ortiq abituriyent test jarayonlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
Ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari sinovlarni adolatli, shaffof va xavfsiz o‘tkazishga qaratilgan. Vazir tashrif davomida binolarning texnik va sanitar holati, abituriyentlar uchun qulayliklar, xavfsizlik choralari bilan tanishdi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Eslatma: Abituriyentlar test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari shart.
Abituriyentlarimizga omad tilaymiz!