Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov M.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti qoshidagi Xo‘jand politexnika institutiga tashrif buyurdi
Uchrashuv davomida hamkorlik memorandumi imzolandi, shuningdek, qo‘shma fakultet ochish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalar mobilligi dasturlarini o‘z ichiga olgan hamkorlikdagi ishlarning istiqbolli
yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi, bu esa fan va ta’limning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.