Xalqaro hamkorlik sari yana bir muhim qadam!
Bugun institutimizda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli kompaniyalaridan biri — Beijing Capstone Education Consulting konsalting kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institutimizdan birinchi prorektor B.Nasimov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina hamda Beijing Capstone Education Consulting kompaniyasi direktori Ma Haiqing ishtirok etishdi.
Tashrif davomida tomonlar:
• ta’lim tizimidagi hamkorlik imkoniyatlari,
• akademik mobilitet (talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi),
• qo‘shma loyihalar va innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda fikr almashishdi.
Muzokaralar natijasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan rasmiy memorandum imzolandi. Bu hujjat institutimizning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlash, innovatsion va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu uchrashuv – institutimizning global hamkorlik tarmog‘i kengayib borayotganidan dalolat. Bu esa yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar, ilm-fan va amaliyotda xalqaro tajriba orttirish sari keng yo‘l ochadi!