“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi
24-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Talabalar xavfsizligi” kuni munosabati bilan keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazildi.
“Jinoyatchilikning oldini olish hamda xavfsiz muhitni yaratish” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh. Xushvaqtov, Yakkasaroy tumani IIO FMB boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Mirjalol Mirag‘zamov, 4-son IIB XPBdan institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, mayor A. Tadjibayev, shuningdek, institutning faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Giyohvandlik va narkojinoyatlar”, “Huquqbuzarliklarning oldini olish”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Ommaviy madaniyatga qarshi kurash”, “Odam savdosi va korrupsiyaga qarshi kurash” kabi dolzarb mavzularda ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan talabalarning huquq va majburiyatlari, ijtimoiy faolligi, huquqiy savodxonligini oshirish borasida atroflicha ma’lumotlar berildi, hayotiy misollar bilan tushuntirishlar qilindi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va foydali tavsiyalar bilan qurollandi.