16:03 Seshanba 23 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

XITOY-MARKAZIY OSIYO QO'SHMA LABORATORIYASINI YARATISH BO'YICHA HAMKORLIK TO'G'RISIDAGI BITIM IMZOLANDI

23.12.2025
16

Ayni damda, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib turibdi. Mazkur delegatsiyaga institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov boshchilik qilmoqda.

Delegatsiyaning Zhejiang Sci-Tech Universitetiga tashrifi doirasida, "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasida "Qadimiy va zamonaviy Ipak yo'li" Xitoy-Markaziy Osiyo qo'shma laboratoriyasini yaratish bo'yicha Hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi.

Unda, Markaziy Osiyo vakili sifatida Baxtiyor Nasimov-laboratoriya direktori lavozimiga tayinlandi.

"Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasida ipak sohasida ta'lim, texnologiyalar va kadrlar tayyorlash bo'yicha Hamkorlik assotsiatsiyasining tashkil etilishi yetakchi universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va sanoat korxonalari o'rtasida o'zaro muloqot uchun noyob va yuqori samarali sinergik platformani yaratadi. Bunday format barcha ishtirokchilarning sinxron rivojlanishini, individual salohiyatni yanda oshirishni va umumiy yutuqlarga erishishni ta’minlaydi.

Qo'shma laboratoriya innovatsion texnologiyalar sohasida ish olib boradi, tadqiqotchilar va talabalarga ilg'or loyihalarda ishtirok etish, bilim almashish va yangi ilmiy yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?