Xitoy TTYSIning ko‘p yilli va asosiy hamkorlaridan biri. Xususan, ayni damda “Wuhan” to‘qimachilik universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda
To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni eksport qilish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi jahonda eng yetakchi davlat hisoblanadi. Dunyo to‘qimachilik mahsulotlari eksportining 4,3% ulushi aynan shu mamlakatga to‘g‘ri keladi. Buning uchun mavjud innovatsiyalar va oliy ta’lim sifati katta zamin yaratdi.
Xitoy TTYSIning ko‘p yilli va asosiy hamkorlaridan biri. Xususan, ayni damda “Wuhan” to‘qimachilik universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.
Institutimiz delegatsiyasi universitet ma’muriyati bilan olib borgan muzokaralari natijasida qator kelishuvlarga erishildi:
Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
To‘qimachilik texnologiyasi va logistika yo‘nalishlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar malaka oshirish dasturlarini tashkil etish;
Hamkorlikda muhandislik maktabiga asos solish;
Hammualliflikda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yozish va tadqiqotlar olib borish.