XORIJIY KOMPANIYA ISHTIROKIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ozarbayjonlik konsalting kompaniyasi Ostvvind LLC vakillari — Rashidi Rashid va Kamran Rzazade bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar hamkorlikning mumkin bo‘lgan formatlari, yaqinlashib kelayotgan qabul kampaniyasining o‘ziga xos jihatlari, shuningdek axborot-reklama faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildilar.