Xotin-qizlarga ta’lim – kelajak sari mustahkam qadam!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘i hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektorining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, institutga abituriyentlarni, ayniqsa, xotin-qizlarni jalb qilish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ‘ibot doirasida Yakkasaroy tumanidagi 144-sonli umumta’lim maktabining 5 ta bitiruvchi sinf o‘quvchilari, xususan, qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, qabul kvotalari va o‘tgan yilgi kirish ballari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga institut yo‘nalishlari bo‘yicha flayerlar tarqatildi va QR-kodli raqamli ma’lumotlar bazasi orqali keng qamrovli tanishtiruv ishlari olib borildi.