20:28 Dushanba 14 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Xudoyberdi To‘xtaboyev – bolalar dunyosining qalbidan joy olgan adib

14.07.2025
20

2025-yil 14-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 90 kun” va “Kitobxon yoz – 2025” loyihalari doirasida Axborot-resurs markazida “Mening sevimli yozuvchim” rukni ostida yurtimizning mashhur bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’naviy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida institut talabalari, professor-o‘qituvchilar va mahalla yoshlari adibning:
• hayoti va ijodiy faoliyati,
• bolalar adabiyotidagi o‘rni,
• asarlarining badiiy va ma’naviy qiymati haqida chuqur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ishtirokchilarga yozuvchining “Sariq devni minib”, “Sehrli qalpoqcha”, “Yillar va yo‘llar” kabi mashhur asarlari QR-kod orqali taqdim etilib, istagan kitobni mobil qurilmalar orqali o‘qish imkoniyati yaratildi.

Suhbat davomida talabalar va yoshlar o‘zlari sevib o‘qigan hikoya va qahramonlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, adib ijodi bilan bog‘liq shaxsiy taassurotlari bilan bo‘lishishdi.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodi yoshlarning qalbida ijobiy qahramonlarga bo‘lgan ishonchni shakllantiradi, yurtga, ota-onaga mehr, do‘stlik, halollik, tinchlik kabi ezgu qadriyatlarni yosh ongiga singdiradi.

Bunday tadbirlar kitobga bo‘lgan mehrni kuchaytiradi, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyada shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?