“Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillaridan talabalarga mahorat darsi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillari tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
Ushbu dars jarayonida xorijiy professor-o‘qituvchilar — M. Abdulrehman, P. Belov, A. Kapitanov hamda A. Sanetullayev ishtirok etib, talabalar bilan o‘z bilim va tajribalarini bo‘lishdilar. Ular zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilmiy izlanishlar va xalqaro tajribalar asosida muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Mahorat darsi talabalar uchun motivatsion ruhda o‘tdi hamda ularga kelajakdagi ilmiy faoliyatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ilhom bag‘ishladi.