16:18 Juma 13 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Fransuz mutaxassisi bilan tajriba almashinuvi

12.06.2025
33

12-maydan 17-mayga qadar Parij Xalqaro Moda Akademiyasi professori Mari-Kler xonim Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij Xalqaro Moda Akademiyasi qo‘shma fakultetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida u bitiruvchi bakalavriat talabalari va magistratura bosqichi tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Professor Mari-Kler har bir loyiha bo‘yicha zarur tavsiya va amaliy ko‘rsatmalarni berdi.

Talabalar esa berilgan mulohaza va tavsiyalar asosida ishlarini takomillashtirib, yakuniy himoyalarni yuqori saviyada o‘tkazishmoqda. Himoyalar natijalari bitiruvchilarning mas’uliyat, ijodkorlik va professionallik darajasini yaqqol namoyon qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?