08:11 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Yilning eng faol olima ayoli

14.11.2024
195

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatida dolzarblik kasb etadi. Gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan 2022-yildan beri “YIL AYOLI” ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. Joriy yil bo‘lib o‘tayotgan ushbu nufuzli tanlovning  “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha “Moda va dizayn” kafedrasi mudiri Vahidova Umida Abduxashimovna 1-bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?