Yong‘in – hazil emas! Har bir daqiqa muhim
“Dolzarb 90 kun” doirasida Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti talabalari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy saboqlarda ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Yakkasaroy tuman Yong‘in xavfsizligi bo‘limi hodimlari fakultetga tashrif buyurib, yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi, birinchi yordam ko‘rsatish tartibi, evakuatsiya qoidalari hamda o‘t o‘chirish texnika vositalari bilan tanishtirdilar.
O‘t o‘chirish mashinalari va maxsus asbob-uskunalar bilan amaliy mashg‘ulotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir maqsadi yoshlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va samarali harakat qilishga o‘rgatish, ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishdir.