“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!”
Eng yaxshi esselar tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 16-may kuni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi hamkorligida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 175-sonli buyrug‘i asosida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusidagi “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining institut bosqichi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, ularda halollik, adolat va qonuniylik tamoyillarini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Turli fakultetlardan ishtirok etgan talabalar o‘z fikr-mulohazalarini tahliliy va mustaqil yondashuvda ifoda etdilar. G‘oliblar esa tanlovning hududiy bosqichiga yo‘llanma oldilar.