YOSHLAR KUNIDA HAM NAVRO‘Z SHODIYONALARI DAVOM ETDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar turar joyida Navro‘z shukuhi “Yoshlar kuni” bilan uyg‘unlashib, bayramona ruhda davom etdi.
Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar uchun turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalari hamda diskoteka dasturlari tashkil etildi.
Tadbirda institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda Xitoy davlatining Huansi Intelligent Technology Co., Ltd kompaniyasi katta vitse-prezidenti Benjamin Tao, institut prorektorlari, fakultet dekanlari, professor - o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan milliy taom — osh tayyorlanib, talabalar uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.