14:20 Yakshanba 01 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

"Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlarga qarshi kurash" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

19.05.2025
79

Bugun institut faollar zalida 400 nafardan ortiq talabalarni qamrab olgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yoshlarda huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi salbiy holatlarning oldini olish, bu kabi illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari — podpolkovnik Farida Samatova, mayor Go‘zal Eshanxodjayeva, kapitan Munira Djumabayeva hamda katta leytenant Muhayyo Ismailova ishtirok etishdi.

Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashlari, yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetga ega bo‘lishlari zarurligi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?