"Yozgi ijod markazlari" ijodiy faoliyatda davom etmoqda
Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan "Yozgi ijod markazlari" o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda.
Tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida talabalar o‘z ijodiy yondashuvlari, yangilikka intilishi va dizayn bo‘yicha ijod namunalarini taqdim etishdi. Ular yaratgan kolleksiyalar orqali o‘z qobiliyatlarini namoyish qilib, amaliy bilimlarini yanada mustahkamlashmoqda.
Mazkur markazlar nafaqat ijodiy fikrni rivojlantirish, balki talabalar orasida kasbiy ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.