08:18 Seshanba 17 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Yozgi ijod markaz”lari tashkil etildi: iqtidorli talabalar ijodiy faoliyatga yo‘naltirilmoqda

16.06.2025
24

Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar ishtirokida “Yozgi ijod markaz”larini tashkil etish maqsadida Axborot-resurs markazi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda adabiyot, teatr, jurnalistika, tarix va ijtimoiy fanlar yo‘nalishida iqtidorli va faol talabalar ishtirok etdi. Ularning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratish, g‘oya tanlash va material tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur tashabbus talabalarning shaxsiy rivoji, ijodiy fikrlashi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?