“Zakovat bo‘yicha Rektor kubogi” boshlandi!
Bugun “Talabalar bahori” doirasida institutimizda “Zakovat bo‘yicha Rektor kubogi”ning birinchi turi bo‘lib o‘tdi!
Ushbu intellektual bellashuvda institutimizning zukko, bilimdon va topqir talabalaridan tashkil topgan 20 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.
O‘yinda savol-javoblar, tezkor fikrlash va jamoaviy harakatlar muhim rol o‘ynadi. Jarayon esa ko‘tarinki ruhda, haqiqiy intellektual muhitda o‘tdi.
Endi esa eng kuchlilar keyingi bosqich sari yo‘l olishmoqda!
Keling, ularni birga qo‘llab-quvvatlaymiz!