“Zakovat” intellektual uchrashuvi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar intellektual salohiyatini oshirish, tafakkur doirasini kengaytirish maqsadida navbatdagi “Zakovat” intellektual uchrashuvi tashkil etildi.
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti talabalari navbatdagi davrada jam bo‘lishdi va Zakovat klubi orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuv davomida jamoalar o‘zaro savol-javoblar, mantiqiy topshiriqlar va tezkor fikrlash bo‘yicha kuch sinashdi.
Bunday uchrashuvlar:
– Talabalarda mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi
– Jamoaviy ishlash ko‘nikmasini shakllantiradi
– Bilimni mustahkamlashga xizmat qiladi
Intellektual salohiyat – har qanday sohada yutuq kalitidir. Zakovatda qatnashgan har bir talaba bu yo‘lda muhim qadam qo‘ydi.