20:31 Dushanba 21 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Zamonaviy tafakkur va vatanparvarlik ruhidagi dars

21.04.2025
21

21-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar uchun Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Nasimov boshchiligida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

Dars davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy islohotlar, Prezidentimiz ilgari surgan “Yangi O‘zbekiston – Yangi taraqqiyot bosqichi” tamoyillari, yoshlarning bu jarayondagi faol ishtiroki haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, talabalar ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik, ma’naviy yetuklikni shakllantirish, ularda zamonaviy dunyoqarash, tanqidiy fikrlash va faol hayotiy pozitsiyani mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan darsda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Bu kabi darslar institutimizda yoshlar bilan ishlashda samarali platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?