Zulayho Mahkamova institutga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Toshkent shahri bo‘yicha faol xotin-qizlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, gender tengligi masalalari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglandi, mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.