Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti dekani
Patxullayev Sarvarjon Ubaydulla o‘g‘li
Tug‘ilgan sanasi
21.08.1990-yil
Ilmiy darajasi:
Texnika fanlari bo‘yicha Falsafa doktori, Dotsent
Qachon, qaysi, OTMni tamomlagan?
2009-2013 yy. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
O‘zi haqida maʼlumot
Patxullayev Sarvarjon Ubaydulla o‘g‘li 1990-yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumanida tug‘ilgan. 1997-2006 yillarda Shayxontohur tumanidagi 254-o‘rta maktabni tamomladi. 2006-2009 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Akademik litseyni tamomladi. 2009-2013-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “To‘qimachilik sanoat texnologiyasi” fakultetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomladi. 2013-2015-yilarda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakultetining “To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
2021-yil 2 aprelda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti Huzuridagi 05.06.01-“To‘qimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” ixtissosligi bo‘yicha Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda “Yangi tarkibli noto‘qima matolarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uslubini takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qilib, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
2015-2016-yillarda “Tо‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasida kabinet mudiri,
2016-2018-yillarda “Tо‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi assistenti,
2020-2021-yillarda “Tо‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi katta о‘qituvchisi, 2021-yildan dotsent,
2021-2024-yillarda “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti dekan o‘rinbosari,
2024-2026 yillarda “To‘qimachilik muhandisligi” fakulteti dekani.
2026 yildan hozirgi vaqtga qadar “Sanoat texnologiyalari va mexanika” fakultetida dekan lavozimida ishlab kelmoqda.
Yutuqlari
S.Patxullayev 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni e’lon qilgan, xususan, 7 ta darslik; 22 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etgan. 1 ta monografiya hamda 1 ta O‘zbekiston Respublikasi ixtiro patentiga muallifdir. Jumladan 10 ta Web of Science, Scopus kabi xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan. Uning rahbarligida 4 ta magistr, 15 dan ortiq bakalavr himoya qilgan.
S.U.Patxullayev Davlat dasturlari doirasidagi loyihalarda ham muntazam ishtirok etib kelmoqda. 2015-2017 yillarda A-3-5 raqamli “Ipakning nanotexnologiyasi asosida mahsulotlarning raqobatbardosh yangi turlarini ishlab chiqarish usullarini va texnologiyalarini yaratish”, 2018-yilda 48-3a raqamli “Определение физико-механических свойств текстильных материалов для специальной одежды” mavzusidagi хо‘jalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.
2016-yilda “Korea Institute of Industrial Technology – Training program for dyeing & finishing expert” kursida malaka oshirgan.
2017-yilda O‘zbekiston Satandartlashtirish, Metrologiya va Sertifikatlashtirish agentligida “Satandartlashtirish, Metrologiya va Sertifikatlashtirish va sifat menejmenti asoslari” bo’yicha malaka oshirgan.
2018-yilda “Korea Gyeonggi Daejin Technopark” “Training program for Intermediate administrator” kursida malaka oshirgan.
2022-yilda “Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” qayta tayyorlash kursini tamomlagan.
2025-yilda Bosh ilmiy-metodik markazida – “Ta’lim tizimi menejmenti” kursida malaka oshirgan.