“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi boshlandi!
Dizayn va texnologiyalar fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tashabbus amalga oshirildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bilim doirasini kengaytirish va ijodiy tafakkurni rivojlantirish.
Ishtirokchilar sevimli asarlarining mazmuni, undagi g‘oyalar, hayotiy saboqlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini ifoda etib, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishmoqda.
Eng faol kitobxonlar esa tanlov yakunida munosib rag‘batlantiriladi!
Bilim – kuch. Kitob – yo‘lboshchi!