“Kitobxon yoz – 2025” loyihasi doirasida To‘qimachilik muhandisligi fakultetida mahalla yoshlari va institut talabalari ishtirokida kitob ko‘rgazmalari va tanlovlar o‘tkazildi
Tadbir davomida ishtirokchilar sevimli asarlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar, kitoblar orqali olgan saboqlari va taassurotlarini baham ko‘rishdi.
So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish, yosh avlodda ma’naviy dunyoqarashni shakllantirish borasida olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda.
Kitob – hayot maydonining eng yuksak cho‘qqisiga eltuvchi mash’ala. Har bir sahifasi yoshlarni izlanishga, tafakkurga va yangilik sari chorlaydi.
Bunday loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni ilm-fanga, adabiyotga mehr bilan bog‘lashda muhim o‘rin tutmoqda.