03:00 Payshanba 10 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Marketing saboqlari – amaliyot bilan uyg‘unlikda!

09.07.2025
35

2025-yil 9-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Iqtisodiyot fakulteti huzuridagi “Marketing” to‘garagi tomonidan “Niners” o‘quv markazi tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulot “Marketing boshlang‘ich tushunchalari” mavzusi asosida olib borilib, unda marketingning asosiy atamalari, maqsad va vazifalari, shuningdek, to‘qimachilik va yengil sanoat sohasidagi korxonalar uchun marketingning amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Tinglovchilarda sohaga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi va faol muhokamalar bilan mashg‘ulot yakunlandi.

Mashg‘ulot yakunida “Niners” o‘quv markazi rahbariyati bilan haftaning har seshanba va payshanba kunlari soat 10:00 da TTYSI hududida yoki o‘quv markazida darslar o‘tkazib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bunday amaliy loyihalar talaba-yoshlar va o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?