16-oktabr kuni 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligiga bag`ishlangan bayram tadbiri o`tkazildi
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetidan filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent Abdullayeva Oqila Xolmo‘minova mehmon sifatida ishtirok etdi.
Olima tomonidan millatimiz ko’zgusi – o’zbek tili, uning bugungi va kelajakdagi qiyofasi, istiqbolli umri xususida ma’ruza qilindi.
Tadbir davomida Izzat Sulton qalamiga mansub “Alisher Navoiy” spektaklidan parcha, namoyish etildi, milliy raqs, g‘azallar va ona tilimizni madh etivchi she’rlar ijro etildi. Shuningdek,talabalar o’rtasida o‘zbek maqollar
tanlovi o‘tkazildi. Kecha so‘ngida buyuk ajdodlarimiz tomonidan til va uning inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risidagi bildirilgan fikrlar jamlangan video-slayd namoyish etildi.