27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Unda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib kelgusidagi taraqqiyotning istiqbolli rejalari belgilab olindi. Ishtirok etgan har bir boʻlim boshliqlari olib borilayotgan targʻibot ishlari hamda institutda ochilayotgan yangi va ilgʻor oʻquv yoʻnalishlar yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar xususida rektorga hisobot berishdi.