4-OKTABR — O‘ZBEK xalqining NORASMIY MOTAM KUNI
1938-yil 4-oktabr. Bu — birinchi o‘zbek kinorejissyori, birinchi fotosuratchisi, birinchi o‘zbek yuristlari, birinchi jurnalistlarining boshi kundaga qo‘yilgan kun.
1938-yilning ayni shu kuni SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy mahbus ustidan shafqatsiz hukm chiqargan.
Bular – Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi o‘zbek munavvarlari, Rahim Inog‘omov, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, Akbar Islomov, Saʼdullaxo‘ja
Tursunxo‘jayev kabi davlat arboblari edi.
Ilm darg‘alari: Po‘lat Soliyev, G‘ozi Yunus Olimov, Abdulhay Tojiyev, Akbar Islomov, Anqaboy Xudoybaxtov, Sanjar Siddiq, Qurbon Beregin, Aʼzam Ayyub, Otajon Hoshimov kabi insonlar shu kunda qatliom qilingandi.