Suchjou Texnologiya universiteti va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida kelajakda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kuchaytirish, hamda hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, joriy yilning kuz oyida Suchjou Texnologiya universiteti tomonidan 2-3 nafar professor-o‘qituvchi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga yuborilishi hamda ushbu institutdan 10 nafar professor-o‘qituvchining Suchjou Texnologiya universitetida stajirovka o‘tashi bo‘yicha kelishuvga erishildi.