AUTEX to‘qimachilik universitetlari assotsiatsiyasi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Suhbat chog‘ida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida institutimiz ushbu tashkilotning 48-a’zosiga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, assotsiatsiyaga 1994-yilda asos solingan.
AUTEXning notijorat assotsiatsiya sifatidagi vazifasi yuqori darajadagi to‘qimachilik ta’limi va tadqiqotlari sohasida hamkorlikka ko‘maklashishdan iborat. Tabiiyki, bu hamkorlik institutimiz akademik ufqlarini yanada kengaytiradi.