“REKTOR KUBOGI–2026” G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi–2026” sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 18-martidan 24-aprel kuniga qadar voleybol, basketbol (3x3), futbol (futzal), stol tennisi, shaxmat hamda padel tennis turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etgan sportchi-talabalar vaucherlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimida institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirok etib, talaba-yoshlarga institut rektorining samimiy tabrigini yetkazdi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchi-talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda institut prorektorlari, fakultet dekanlari hamda professor-o‘qituvchilar ham qatnashdilar.
“Rektor kubogi–2026” sport musobaqalari g‘oliblariga umumiy qiymati qariyb 80 million so‘mni tashkil etuvchi yutuqli vaucherlar topshirildi.
Sport musobaqalarida ishtirok etgan barcha sportchi-talabalarga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.